Pentagon noqonuniy migratsiyaga qarshi Meksika chegarasiga qoʻshin yuboradi
Donald Tramp AQSH-Meksika chegarasida favqulodda holat eʼlon qildi va Pentagonga u yerga qoʻshinlar, uchuvchisiz samolyotlar va boshqa jihozlarni yuborish, shuningdek, chegara devori qurilishini qaytadan boshlashni buyurdi. Bu haqda “The Washington Post” gazetasi AQSH bojxona va chegarani himoya qilish xizmati hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.
AQSH Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Robert Salessesning aytishicha, birinchi toʻlqin bilan chegaraga kamida 1500 nafar quruqlik qoʻshinini joʻnatish va ularni shu kunga qadar joylashtirilgan 2500 askarga qoʻshish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, Pentagondagi brifingda yuqori martabali amaldorlardan biri bu raqam 10 mingga yetkazilishi mumkinligini qoʻshimcha qilgan. Bu Trampning birinchi prezidentlik muddati (2017-2021) davridagidan ham koʻproq boʻlib, oʻshanda chegaradagi qoʻshinlar soni 2018-yilgacha 8000 nafarni tashkil etgan. Jo Bayden davrida esa askarlar soni 2500 nafargacha qisqartirilgan.
Chegaraga joylashtirilgan qoʻshinlar huquqni muhofaza qilish vazifalarini bajarmaydi. Ular, asosan, qoʻshimcha toʻsiqlar qurish bilan shugʻullanadi.
Taʼkidlash joiz, Trampning inauguratsiyasi 20-yanvar kuni boʻlib oʻtdi. U lavozimga kirishgach, 200 ga yaqin farmon, memorandum va buyruqlarni imzoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring