Pelening onasi 101 yoshida vafot etdi
Uch karra jahon chempioni braziliyalik afsonaviy futbolchi Pelening onasi Selest Arantis 101 yoshida vafot etdi. Bu boʻyicha rasmiy bayonotni Pele faoliyatining katta qismini oʻtkazgan “Santos” futbol klubi eʼlon qildi.
“Bu 101-yillik ilhomlantiruvchi hayotiy hikoya edi. Oʻz oilasi uchun hayotda cheksiz qiyinchiliklarga duch kelgan qora tanli qirolichaning hikoyasi yakunlandi. Unga Santos aholisining mehr, hayrat va minnatdorligi abadiydir”, deyiladi klub bayonotida.
Manbaga koʻra, Arantis 21-iyun kuni Santosda vafot etgan. U bir haftadan koʻproq vaqt davomida kasalxonada boʻlgan.
Aytish joiz, asl ismi Edson Arantis do Nasimento boʻlgan Pele uch marta (1958, 1962, 1970) jahon chempionligini qoʻlga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi. U 2022-yil 29-dekabrda 82 yoshida vafot etgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring