Pastdargʻomda sudya 300 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Pastdargʻom tumanida sudya pora bilan ushlandi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Prokuratura organlari va Sudyalar oliy kengashi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida tezkor tadbir oʻtkazgan.
Unda fuqarolik ishlari boʻyicha Pastdargʻom tuman sudining sudyasi 300 AQSH dollari miqdorida pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan. Aniqlanishicha, mazkur tuman sudining 2022-yildagi hal qiluv qaroriga asosan, 1989-yilda tugʻilgan ayolning 2022-yilda tugʻilgan farzandi voyaga yetguniga qadar javobgar hisoblangan – 1983-yilda tugʻilgan fuqarodan aliment undirish belgilangan.
Ammo, javobgar tomon ushbu qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida FIB Pastdargʻom tuman sudiga ariza bilan murojaat qilgan. Sudya esa oʻz ish yurituviga kelib tushgan ushbu arizaga asosan, joriy yilning 27-fevral kuni sudning 2022-yildagi hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni mazmunan qayta koʻrishni 11-mart kuniga tayinlagan.
Shuningdek, u ishni daʼvogarning foydasiga ijobiy hal etib berish evaziga undan 300 AQSH dollari talab qilgan. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sudyaga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring