Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi
Bugun dunyoning turli mintaqalarida kechayotgan beqarorlik, murakkab geosiyosiy jarayonlar, keskinlik va jahon miqyosida kuchayib borayotgan iqtisodiy tangliklar sharoitida faol tashqi siyosat orqali xalqaro maydonda milliy manfaatlarni samarali ilgari surish muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi murakkab sharoitda Oʻzbekistonning tamomila yangicha mazmun kasb etayotgan faol va pragmatik tashqi siyosati tufayli mamlakatimiz jahon siyosatining markazlaridan biriga va global tashabbuslar muallifiga aylanmoqda.
Bu jarayonda mamlakat parlamenti ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, yirik xalqaro parlament tuzilmalarining toʻlaqonli aʼzosi sifatida nufuzli anjumanlarga mezbonlik qilib, muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surmoqda.
Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga bagʻishlangan Xalqaro parlament forumi hamda Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlari 14-sammitining muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bunga yorqin misol boʻla oladi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasini Oʻzbekistonda oʻtkazish tashabbusini bildirgan edi.
Shveysariyaning Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoq (PI) bosh kotibi Martin Chungong va Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva oʻrtasida PIning 150-yubiley assambleyasini 2025-yil Oʻzbekistonda oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, jahondagi 180 ta parlamentni birlashtirgan ushbu nufuzli tuzilma oʻzining yuqori organi Assambleyani parlamentarizm va barqaror rivojlanishning ijobiy tajribasi mavjud boʻlgan mamlakatlarda oʻtkazadi.
Assambleyaning ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida, Oʻzbekistonda oʻtkazilishi esa Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, parlamentarizmni rivojlantirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarning jahon hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilayotganini tasdiqlaydi.
Mintaqamizda parlament yoʻnalishidagi bunday keng koʻlamli tadbirning ilk bor oʻtishi Oʻzbekiston parlamentining BRMni amalga oshirishdagi faol ishtiroki, normativ-huquqiy bazani xalqaro standartlariga mos ravishda takomillashtirilishi, parlament darajasida inson huquqlarini himoya qilish va gender tengligi masalalarini ilgari surish, Yoshlar parlamenti doirasida yoshlarni qonun ijodkorligi faoliyatiga keng jalb etilishi bilan izohlanadi.
Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining mamlakatimizda oʻtkazilishi parlamentlar oʻrtasida xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar boʻyicha oʻzaro tajriba almashish, Oʻzbekiston parlamenti faoliyati bilan tanishish, 2030-yilgacha boʻlgan strategiyani amalga oshirishda parlamentlarning ishtirokini kengaytirish, BRM erishish, inson huquqlari, gender tengligi, yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda parlamentlar hamkorligini koʻrib chiqish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vazir oʻrinbosari xotinini aldagani uchun ishdan boʻshatildi
- Shavkat Mirziyoyev: Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!
- 17 nafar professor-oʻqituvchiga ilmiy unvon berildi
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring