“Parlament oʻyinlari” sport musobaqasining Respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi
Shu yil 14-avgust kuni Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan Turizm va sport vazirligi, Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi bilan hamkorlikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari va devoni xodimlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi kubogi uchun “Parlament oʻyinlari” sport musobaqasining yakuniy Respublika bosqichi oʻtkazildi.
Musobaqalar respublika boʻylab 3 bosqichda sportning mini-futbol, voleybol, badminton va stol tennisi turlari boʻyicha oʻtkazildi. Jumladan, birinchi bosqich – viloyat miqyosida fevral-mart oylarida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari aʼzolaridan tashkil topgan jamoalar oʻrtasida, ikkinchi bosqich – hudud miqyosida (mintaqaviy) viloyatda birinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida aprel-may oylarida tashkil etildi.
Mazkur musobaqalarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining 4 720 nafar aʼzosi ishtirok etib, sportda oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishdi.
“Parlament oʻyinlari” sport musobaqasining uchinchi – Respublika final bosqichi hududlarda (mintaqalarda) 1-oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida joriy yil 14-15-avgust kunlari Toshkent shahrida tashkil etildi. Unda hududlardan jami 135 nafar deputat gʻoliblik uchun kurash olib borishdi. Musobaqalarni mini-futbol, voleybol, badminton va stol tennisi boʻyicha professional hakamlar boshqarib bordi.
Murosasiz kechgan bahslardan soʻng hakamlar tomonidan gʻoliblar aniqlandi. Yakuniy natijalarga koʻra, mini-futbol boʻyicha Sirdaryo viloyati, voleybol boʻyicha Navoiy viloyati, badminton boʻyicha Qashqadaryo viloyati hamda stol tennisi boʻyicha Samarqand viloyatlari deputatlari “Parlament oʻyinlari” sport musobaqalarining mutlaq gʻoliblari deb topildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring