Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarida ogʻir atletikaning vazn toifalari qisqartirildi
Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasining maʼlum qilishicha, Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarida ushbu sport vazn toifalari 4 taga qisqartirildi va 10 ta vazn toifasiga tushdi.
Sportchilar joriy yil Tokio-2020 Olimpiadasida 14 vaznda (erkak va ayollarda 7 tadan toifa) bellashishgan boʻlsa, Parij-2024 da bu toifalar qisqarmoqda. Yangi toifada erkaklar va ayollardagi eng ogʻir vaznlar oʻzgartirildi. Unga koʻra, boʻlajak Olimpiya oʻyinlaridagi vazn toifalari quyidagi koʻrinishga kelmoqda:
Erkaklar: -61 kg, -73 kg, -89 kg, -102 kg, +102 kg;
Ayollar: -49 kg, -59 kg, -71 kg, -81 kg, +81 kg.
Biz bu borada Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, Osiyo ogʻir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti, IWF Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi Shahrullo Mahmudov bilan aloqaga chiqib, vaziyat boʻyicha fikrlarini oʻrgandik.
«Toʻgʻri, Olimpiya vazn toifalari oʻzgardi. Atletlar bir vaznga bogʻlanib qolmay, toifalarini oʻzgartirib turishadi. Bu biz uchun moslashib olishga qiyinchilik tugʻdirishi mumkin, ammo umumiy olib qaraganda fojia emas. Sportchilarimizning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ajratilgan barcha kvotalar boʻyicha litsenziya olishimizga ishonaman. Shu bois bor eʼtiborimizni yangi Olimpiya vaznlarida medal qoʻlga kiritishga qaratamiz», dedi Sh. Mahmudov.
Ushbu sport turida Rio-2016 Olimpiadasida Ruslan Nurudinov -105 kg, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida Akbar Joʻrayev -109 kg. vazn toifalarida oltin medalni qoʻlga kiritishgan edi. Endi Parij-2024 da ushbu vazn toifalari boʻlmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring