«Parij-2024» Olimpiadasining ochilish marosimi Sena daryosi boʻyida oʻtkazilmasligi mumkin
Arxiv surat
Joriy yilda Fransiya poytaxti Parij shahri har toʻrt yillikning eng nufuzli sport musobaqasi – yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qiladi.
Tashkilotchilar va Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining qarori bilan Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimi oʻz tarixida ilk bor stadionda emas balki, Sena daryosi boʻyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
«Daily Mail» nashrining xabar berishicha, musobaqaning ochilishida 45 mingga yaqin politsiyachi safarbar etilishiga qaramay, xavfsizlik bilan bogʻliq xavotirlar paydo boʻlmoqda.
Manbaga koʻra, Olimpiada tashkilotchilaridan oʻz rejalaridan voz kechib, ochilishni anʼanaviy tarzda oʻtkazish soʻralgan. Baʼzi Olimpiada qoʻmitalari esa oʻz sportchilarini xavfsizlik nuqtayi nazaridan ochilish marosimiga borishdan bosh tortishga chaqirmoqda.
Fransiya hukumati terrorga qarshi ogohlantirish darajasini mart oyida Moskvadagi konsert zalida sodir etilgan teraktdan keyingi eng yuqori darajaga koʻtardi. Oʻshandan beri terror guruhlar futbol boʻyicha Yevropa chempionlar ligasi chorak finali oʻyinlarida, jumladan, Parijda teraktlar uyushtirish bilan tahdid qildi.
Qayd etilishicha, Olimpiada tashkilotchilari ochilish marosimini poytaxtda joylashgan Fransiyaning eng yirik stadioni – «Stad de Frans»ga koʻchirishi mumkin.
Biroq tashkilotchilar va Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining bu boradagi qarori hozircha nomaʼlum.
Olimpiada oʻyinlari 26-iyul – 11-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring