Paralimpiya sport turlari boʻyicha sport terma jamoalarini shakllantirish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (630-son, 08.10.2025-y.) bilan “Paralimpiya sport turlari boʻyicha sport terma jamoalarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur Nizom iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) orqali paralimpiya sport turlari boʻyicha sport terma jamoalarini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Quyidagilar sport terma jamoalarini va ularning zaxirasini shakllantirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- paralimpiya sport turlari boʻyicha respublika va xalqaro nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijadorlikni taʼminlash;
- sportchilarni tayyorlashning ilgʻor metodlarini oʻquv-mashgʻulot jarayoniga joriy etish;
- sportchilarning jismoniy, texnik-taktik, psixologik tayyorligini takomillashtirish, ularning sport mahoratini oshirish;
- jismoniy tarbiya-sport harakatini va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish.
Shuningdek, sport terma jamoalarini va ularning zaxirasini shakllantirishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda Sport turlari reyestriga kiritilgan paralimpiya sport turlari boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Sport terma jamoalarining tarkiblari tegishli buyruq bilan 1-yil muddatga tasdiqlanadi va kalendar yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha amal qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring