Para yengil atletikachilarimiz Tailanddagi xalqaro turnirda 3 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi
Avval xabar berganimizdek para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Tailand mezbonlik qilgan xalqaro musobaqada ishtirok etishdi.
Musobaqaning so‘nggi kuni vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Xususan, erkaklar o‘rtasida F42 klassida yadro uloqtirish dasturida qatnashgan hamyurtimiz Muhammad Rixsimov hamda T44-64 klassida balandlikka sakrash dasturida bahs olib borgan vakilimiz Temur Giyazov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha T13 klassida uzunlikka sakrash bo‘yicha boshqa bir hamyurtimiz Doniyor Axmedov ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Shu tariqa terma jamoamiz Tailanddagi xalqaro turnirni 3 ta oltin medal bilan yakunladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring