Para dzyudochilarimiz jahon chempionatiga tayyorgarlikni faol olib borishmoqda

16:03 13 Sentyabr 2022 Sport
727 0

Yangilangan tarkib bilan nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik koʻrayotgan para dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ayni damda Milliy paralimpiya qoʻmitasi sport bazasida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda.

"Hozirda oldimizda juda ham masʼuliyatli musobaqa kutib turibdi. 6-10-noyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatida munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz. 

Ushbu dunyo birinchiligiga tayyorgarlikning dastlabki bosqichini togʻ yon bagʻrlarida joylashgan “Shirinbuloq” sport bazasida olib bordik. 

Mana endi tayyorgarlikning 2- va 3-bosqichlari poytaxtimizdagi Milliy paralimpiya qoʻmitasi sport bazasida oʻtkazilmoqda. Ushbu oʻquv-mashgʻulot yigʻinida jami 39 nafar sportchi va 11 nafar trener ishtirok etmoqda. Mashgʻulotlar kuniga 2 mahaldan olib borilmoqda”, - dedi Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Ommaviy va texnik sport turlari klubi rahbari Farhod Toʻrayev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?