Para-akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari aniqlandi

11:21 13 Noyabr 2021 Sport
1662 0

Toshkent viloyatidagi eshkak eshish bazasida mexanik snaryadlarda para-akademik eshkak eshish boʻyicha mamlakat chempionatida gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻldi.

Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan kelgan 70 dan ziyod sportchilar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi. Taʼkidlash joiz, ushbu musobaqa yangi mavsum oldidan terma jamoa murabbiylari uchun asosiy tarkibni shakllantirib olish yoʻlida saralash vazifasini bajarib berdi. Bahslarda Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchilari Otabek Qoʻchqorov va Feruza Boʻriboyeva ham ishtirok etishmoqda.

Natijalar:
PR 2

1. O.Qoʻchqorov
2. X.Neʼmatov
3. K.Suyunov

PR 3
1. M.Sulaymonov
2. A.Abdurahmanov
3. R.Joʻrayev

Bugun ham musobaqa doirasida yana bir qator yoʻnalishlarda gʻoliblar aniqlanishi barobarida murabbiylar uchun seminar ham tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?