Pandemiyaning oxiri bormi? Hamma koronavirus bilan kasallanadigan boʻlsa, cheklovlarni joriy qilishdan nima naf?

14:52 06 Oktyabr 2020 Jamiyat
1006 0

Ushbu savolga AOKA zalida boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov quyidagicha javob qaytardi:

— Cheklovlarning foydasi bor — vaqtdan yutish!

Darhaqiqat, bir qarashda bugungi vaziyatdan kelib chiqsak, virus tarqalishini toʻxtatishdagi har qanday saʼy-harakatlar foydasizdek, chunki baribir hamma kasallanib oladi.

Biroq ushbu pessimistik qarash ikki sababga koʻra oʻzini oqlamaydi:

Birinchidan, Xitoy, Tayvan, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya tajribalari cheklovlarni oʻz vaqtida qoʻllash infeksiya tarqalishini uzoq vaqt ushlab turishga imkon berishini koʻrsatdi. Bundan kelib chiqadiki, hatto qatʼiy karantin choralari mavjud boʻlmasa-da, kuchli ikkinchi toʻlqin yuzaga kelmaydi.

Bundan tashqari, vaqtdan yutish tibbiy tizimda moslashishga imkon beradi. Gap nafaqat vaqtinchalik kasalxonalar yoki test tekshiruvi, balki kasallikning klinik manzarasini tushunish, uning oldini olish va test usullarini ishlab chiqish haqida ham bormoqda.

Misol uchun, oʻtgan 4 oy mobaynida SARS-CoV-2 virusi toʻgʻrisidagi ilmiy maqolalar bir nechtadan minglabga koʻpaydi, kuzatuvlar va kasallikni davolash borasida katta tajriba toʻplandi, yuzdan ortiq vaksina va koʻplab virusga qarshi preparatlar ishlab chiqilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер