Pandemiyani bekor qilishga hali erta — JSST
Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Favqulodda holatlar boʻyicha qoʻmitasi yigʻilishida mpox (maymun chechagi) virusi pandemiyasini bekor qilishga hali erta, degan qarorga kelindi.
Tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesusning qayd etishicha, bunga dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida hanuz yangi bemorlar aniqlanayotgani asos boʻlgan.
Shuningdek, JSST hisobotiga koʻra, soʻnggi toʻrt haftada Yer yuzi boʻyicha koronavirusni yuqtirish koʻrsatkichlari 92, oʻlim holatlari esa 47 foizga kamaygan.
Yaʼni 16-yanvardan 12-fevralga qadar 6,8 millionga yaqin kishiga COVID-19 tashxisi qoʻyilgan va ulardan 64 ming nafardan ortigʻi xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumgan.
Mutaxassislar “omikron”ning yangi mutatsiyalari kelgusida kasalliklar soni yana oʻsishiga sabab boʻlishidan tashvishda. Shu sababli aholiga buster dozada emlanishni tavsiya etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring