“Paxtakor” mahallasining tajribasi oʻrganildi
Oliy Majlis Senati Raisi Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida Sirdaryo tumanida joylashgan “Paxtakor” mahallasida “mahalla yettiligi”ning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish barobarida ishsiz fuqarolarga kreditlar ajratilib, yangi kichik biznes loyihalari yoʻlga qoʻyilgani taʼkidlandi.
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” orqali aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, “Ayollar daftari”dagi 140 nafar xotin-qiz va “Yoshlar daftari”dagi 14 nafar yoshga davlat tomonidan subsidiyalar ajratilgan. Shuningdek, 12 nafar ayol va 2 nafar yosh imtiyozli kreditlar orqali oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlagan.
Mahallada iqtisodiy faollikni oshirish maqsadida 85 ta maishiy xizmat koʻrsatish va savdo shoxobchalari, shuningdek, 4 ta tikuvchilik va 2 ta qandolatchilik sexi tashkil etilgan. Bu kabi kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish infratuzilmalari aholi bandligini taʼminlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Senat ishchi guruhi bundan tashqari, viloyat “Hunarmandlar markazi”da hunarmandlar va faol ayollar bilan ham uchrashdi.
Ochiq muloqot davomida xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Ishchi guruh aʼzolari xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish maqsadida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib, bu jarayonni qoʻllab-quvvatlashga davlat siyosati darajasida qaralayotgani taʼkidladi.
Shuningdek, joylarda ayollar bandligini taʼminlash, ularning tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarishga doir yangi imkoniyat va mexanizmlar ishlab chiqilayotgani haqida fikr yuritildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring