Paxtachilikda muhim palla
Baliqchi tumanida paxta terimi qizgʻin davom etmoqda. Mahalliy investor “Vodiy agrotech” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan paxtani qabul qilish, tozalash va qayta ishlash jarayonlari yuqori darajada tashkil etilgani ham eʼtiborga molik. Korxonada kunlik 100 tonna xomashyo qayta ishlanib, mahalliy va tashqi bozor uchun tayyor mahsulotga aylanmoqda.
— Qishloq xoʻjaligida qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish orqali yangi ish oʻrinlari tashkil etilayotgani muhim jihat hisoblanadi, — deydi tuman hokimi Jasurbek Abdurayimov. — Ayni vaqtda korxonada 200 nafardan ortiq ishchi mehnat qilmoqda, mavsum davomida ularning soni 500 nafarga yetadi. Xodimlar oyiga 4–8 million soʻm miqdorida maosh olishmoqda.

Joriy yilda tumanda 8100 gektar maydonda paxta yetishtirildi. Ularning 70 foizi xorijiy navlar boʻlib, 45 foizgacha tola beradigan turlari “Vodiy agrotech” MCHJ tomonidan qayta ishlanmoqda. Bu yil terimga 30 dan ziyod paxta terish mashinasi jalb qilindi. Shuningdek, qoʻl terimi uchun har kilogrammga 2 ming soʻmdan, paxta terish mashinasi orqali yigʻilgan har tonnasiga 1 million 371 ming soʻmdan toʻlov amalga oshirilmoqda.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
- Qiyinchiliklarda toblangan, ichki kuch va ogʻriqlarni jilovlay olgan — “Inson”
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring