Paxtachi va Narpay tumanlarida Xitoy tajribasi tatbiq etiladi
Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasi partiya qoʻmitasi kotibi Lin U boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatida boʻldi.
Ikki kunlik tashrif davomida dastlab 5-sentyabr kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va janob Lin U hamda ikki tomon vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildi.
— Oʻzbekiston-Xitoy oʻrtasida amalga oshirilayotgan hamkorlik fonida Samarqand viloyatining Xitoy provinsiyalari bilan aloqalari tobora yuksalib bormoqda, ؙ— dedi viloyat hokimi E. Turdimov. — Chunki, Samarqandning Chin yurti bilan aloqalari tarixiy asosga ega. Bu bugungi kundagi oʻzaro hamkorligimizning kengayishiga xizmat qilmoqda va bundan keyin ham shu tarzda davom etishiga ishonaman. Buning uchun aniq reja asosida yoʻl xaritasi tuzib, masʼullarni biriktirib, bandma-band ish olib borsak, ikki tomon uchun bu manfaatli boʻladi.
Shandun provinsiyasi partiya qoʻmitasi kotibi Lin U ham oʻz navbatida tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad Shandun va Samarqand oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish ekanligini taʼkidladi. Birgalikda hamkorlik yoʻnalishlarini aniq belgilab olgan holda istiqbolli rejalar asosida ish olib borishni taklif qildi.

— Biz Samarqand bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdormiz, — dedi janob Lin U. — Shu bois, aniq reja asosida ish boshlasak, maqsadimizga tez va yuqori natijalar bilan erishamiz. Bunda albatta, oʻzaro ishonch muhim. Bizga aniq takliflar bildirilsa, oʻz tajribamizni bu yerda ham qoʻllab yuksak marralarni zabt etamiz, degan umiddaman.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarni bildirishdi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Narpay va Paxtachi tumanlariga shandunlik ishbilarmonlarni jalb etgan holda Shandunning kambagʻallikni qisqartirish, sanoatni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, metallurgiya boʻyicha boy tajribasini viloyatda qoʻllash taklifini bildirdi. Buning uchun ushbu hududlarda har tomonlama shart-sharoit mavjudligi, kelgusida ham qonun doirasida imkoniyatlar yaratilishi maʼlum qilindi. Janob Lin U ham bu borada oʻz fikrlarini bildirib, ular raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, sanoat va kommunal sohalarda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha aniq takliflarni amalga oshirishga tayyorligini taʼkidladi.
6-sentyabr kuni Samarqand va Shandun provinsiyasi vakillarining taqdimoti hamda forum boʻlib oʻtdi. Tadbir “Mehmondoʻst Shandunning sifatli mahsulotlari” deb nomlangan koʻrgazma bilan boshlandi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring