Paxta yogʻining narxi qariyb 10 foizga arzonlashdi — Birja

17:39 02 Avgust 2021 Iqtisodiyot
2540 0

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJga 2 810,0 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va undan 1 747,0 tonnasi, yaʼni 62,1% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 113 xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 717,6 ming soʻmdan 15 080,1 ming soʻmgacha, yaʼni 9,8% ga pasayganini taʼkidlash lozim.

Koʻrib chiqilayotgan davrda 1-navli paxta yogʻining oʻrtacha haftalik kotirovkasi 17 393,3 ming soʻmni tashkil etdi.

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 11 972,0 tonna shakar qoʻyildi va ulardan 11 467,0 tonnasi, yaʼni 95,8% sotildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 385,5 ming soʻmdan 7 290,6 ming soʻmgacha, yaʼni 1,3% ga pasaygan. Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning 3-kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 7 345,8 ming soʻmni tashkil etdi.

Sement

Oʻtgan hafta mobaynida birja savdolariga 356 437,0 tonna sement qoʻyildi va ulardan 194 087,0 tonnasi sotildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 38,8 ming tonnani tashkil qildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 519,0 ming soʻmdan 504,6 ming soʻmgacha, yaʼni 2,8% ga pasaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?