“Payariq hayoti”: tahririyat binosi yangilanmoqda

12:40 11 Iyun 2025 Jamiyat
123 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Bugungi kunda davriy bosma nashrlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash muhim vazifalar sirasiga kiradi. 1932-yilda tashkil etilgan “Payariq hayoti” gazetasi binosi taʼmirtalab holatda edi. Tuman hokimi Isroil Jabborov ushbu tahririyatga kelib, sharoitni oʻrgandi. Shu tariqa uni yangi qiyofaga keltirish ishlari boshlab yuborildi. Binoni taʼmirlash, muxbirlar va texnik xodimlarning har biri uchun zamonaviy muhit yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

— Tahririyatimiz binosining qorovulxonasidan tortib, oshxonasi, gazeta muzeyi, fuqarolar bilan muloqot xonalari yangidan taʼmirlanib, jihozlanyapti, — deydi “Payariq hayoti” gazetasi muharriri Azamat Tovboyev. — Darvoza qurilib, hovli maydoni obodonlashtiriladi. Bundan tashqari, internet jurnalistikasi va ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanib borayotgani hisobga olinib, ijodiy xodimlarga yangi kompyuterlar olib beriladigan boʻldi.

Hozirda tahririyat binosida “Olmosbek elita” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish-taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda. Shu yil Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida barcha sharoitga ega boʻlgan bino tuhfa qilinishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер