Ozon tuynugi torayib bormoqda, hademay butunlay yopiladi
Illyustrativ foto
Olimlar Antarktida tepasidagi ozon tuynugi tobora kichrayib borayotganini tasdiqlashdi. Ularning fikricha, bu ozon qatlamini yemiruvchi moddalar tashlanmalarini kamaytirish boʻyicha dunyo hamjamiyatining birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli sodir boʻlmoqda.
Massachusets texnologiya instituti mutaxassislarining yangi tadqiqoti ozon qatlamining tiklanish jarayoni jadal davom etayotganini koʻrsatdi. Shuningdek, tuynuk tabiiy ob-havo keskin oʻzgarishlari hisobiga emas, balki aynan ozon qatlamini yemiruvchi moddalar tashlanmalarining kamayishi hisobiga torayib borishini isbotlangan.
"95 foiz ishonch bilan aytish mumkinki, qatlam tiklanmoqda va bu hayratlanarli. Agar ushbu tendensiya saqlanib qolsa, Antarktida ustidagi ozon qatlami taxminan 10-yildan keyin toʻliq tiklanishi mumkin", — deydi kimyogar Syuzan Solomon.
Ozon qatlami — stratosferaning Yer sirtidan 15 dan 30 kilometrgacha balandlikdagi qismi hisoblanib, unda ozon konsentratsiyasi atmosferaning boshqa qobiqlariga qaraganda yuqori darajada boʻladi. Bu qatlam sayyoramizdagi jamiki tirik organizmlarni quyoshning zararli ultrabinafsha nurlari taʼsiridan asraydi.
Oʻtgan asrning 70-80-yillarida Antarktida ustidagi ozon qatlamida ulkan tuynuk hosil boʻlayotgani aniqlangan. Ozon qatlamining siyraklashishi xlorftoruglerodlar — sintetik birikmalar bilan bogʻliq boʻlib, ular bir vaqtlar aerozol ballonlar, erituvchilar va sovitish moslamalarida keng qoʻllanilgan. Ushbu birikmalar stratosferaga kirib borib, ozon molekulalarining parchalanishini tezlashtiruvchi xlor atomlarini chiqaradi. Ozon qatlami asosan Janubiy qutb ustida oʻta past harorat, qutb stratosfera bulutlarining mavjudligi va ozonni yemiruvchi kimyoviy moddalarni ushlab qoladigan boshqa sharoitlar tufayli yemirilgan.
1989-yilda 197 ta davlat tomonidan imzolangan Monreal protokoli kuchga kirdi. U sanoat ishlab chiqarishida ozon qatlamini yemiruvchi moddalardan, shu jumladan, xlorftoruglerodlardan bosqichma-bosqich voz kechishni nazarda tutadi.
Soʻnggi oʻn yillikda ozon tuynugi tobora kichrayib borayotgani Monreal protokoli boʻyicha majburiyatlar samarali bajarilayotganidan dalolat bermoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring