OʻzLiDeP fraksiyasi yigʻilishida qanday tashabbuslar ilgari surildi?
Bugun Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining muhim masalaga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimga kirishish marosimidagi nutqi va Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan bayram tabrigida konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish zarurati borasida ilgari surilgan fikrlari, bu borada belgilangan eng ustuvor yoʻnalishlar alohida taʼkidlab oʻtildi.
Amaldagi Konstitutsiya erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori va eng asosiy kafolati boʻlib keldi.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, jumladan inson huquqlarini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat organlarini haqiqiy xalq xizmatchilari tizimiga aylantirish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilgari surilayotgan keng koʻlamli vazifalar, hususan adolatli va xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali taʼminlash kabi ulugʻvor maqsadlar ularni amalga oshirishga zarur huquqiy asosni taʼminlovchi Konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish extiyojini kun tartibiga koʻymoqda.
Shu sababli, bugun Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida deputatlar Bosh qomusimiz – Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishdi.
Bu borada fraksiya aʼzolari Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyatiga alohida toʻxtalib, uni bugungi real voqelikka moslashtirish, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun yanada mustahqam huquqiy poydevor yaratish boʻyicha oʻzlarining aniq pozitsiyalarini maʼlum qilishdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, OʻzLiDeP fraksiyasi yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish boʻyicha ilgari surilayotgan tashabbus Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi yana bir yetakchi fraksiyasi - “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ham maqsad, vazifalari hamda saylovoldi dasturlari bilan hamohangligidan kelib chiqib, ushbu masalani mazkur fraksiyalarning qoʻshma yigʻilishida muhokamaga qoʻyilishi tashabbusi ilgari surildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring