“Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
5-8-noyabr kunlari Oʻzbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi direktori Sherzod Habibullayev Facebook sahifasida maʼlum qildi.
Havo harorati asta-sekin pasayadi va 7-8-noyabrda kechalari 0-5 daraja iliqni, baʼzi joylarda 3 darajagacha sovuqni, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi. Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha, shimolda va choʻl hududlarda 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
5-6-noyabr kunlari respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, togʻlarda qorga aylanadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻli hududlarida 5-7-noyabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
“Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni, hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deb yozgan “Oʻzgidromet” direktori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring