“Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
12−13-iyun kunlari kuchli yomgʻirlar yogʻishi kutilayotgani sababli respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu boʻyicha shoshilinch Oʻzgidromet ogohlantirish bilan chiqdi.
Unga koʻra quyidagi hududlarda ehtiyot choralarini koʻrish tavsiya etiladi:
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlari;
- Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona, Beshariq va Shohimardon tumanlari;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.
“Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, Fargʻona vodiysi hududlari boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring