“Oʻzbekneftgaz” raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

21:05 17 Fevral 2026 Jamiyat
467 0

“Oʻzbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi. Bu haqda ushbu AJ matbuot kotibi Moʻmin Ibodov xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Suhrob Hamroyev “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. U turli yillarda vazirlik va respublika darajasidagi davlat idoralari, ekspert agentliklari hamda neft-gaz va energetika sohalarida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Abrorjon Xudoyberganov “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining qayta ishlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Xudoyberganov neft va gazni qayta ishlash qurilmalari, innovatsion loyihalar hamda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish yoʻnalishlarida koʻp yillik amaliy tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U mehnat faoliyatini qurilma kuzatuvchisi lavozimidan boshlab, bosqichma-bosqich masʼul va rahbarlikkacha samarali faoliyat olib borgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер