Oʻzbekiston—Singapur: parlamentlararo hamkorlik aloqalarining muhim jihatlari muhokama qilindi
Joriy yilning 2-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Singapur parlamenti Spikeri Sia Kian Peng boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Suhbat avvalida Singapur delegatsiyasi vakillari ikki mamlakat rahbarlarining tashriflari natijasida Oʻzbekiston va Singapur oʻrtasidagi doʻstona aloqalar yangi bosqichga koʻtarilganini alohida eʼtirof etdi.
Uchrashuv davomida parlamentlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar, ilm-fan va taʼlim, savdo-iqtisodiy hamda davlat boshqaruvi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi amaliy hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.
Shuningdek, parlamentlararo faol hamkorlik mamlakatlarimiz oʻrtasidagi barcha darajadagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim mexanizmlardan biri ekanligi qayd etildi.
Uchrashuv soʻnggida parlamentlar qoʻmitalari oʻrtasida amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga va “doʻstlik guruhlari” faoliyatini jadallashtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring