Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 17-fevral kuni vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi
“Oʻzgidromet” 17-fevral, shanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° sovuq, kunduzi 1° sovuq-1° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16° sovuq, Ustyurtda 17-20° sovuqqacha, kunduzi 3-8° sovuq; Xorazm viloyatida kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; choʻl hududlarda kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq boʻladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Samarqand viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring