Oʻzbekistonning Qirgʻiziston va Turkmanistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining hisobotlari eshitildi
Joriy yil 26-sentyabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtdi.
Senatorlar tomonidan Oʻzbekistonning Qirgʻiziston va Turkmanistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Taʼkidlanganidek, elchixonalar oʻz faoliyatini ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida qabul qilingan “yoʻl xaritalari”ni ijro etish, investitsiyalarni jalb qilish, milliy mahsulotlar eksportini oshirish, xorijiy turistlarning mamlakatimizga qiziqishini oshirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish kabi yoʻnalishlarda amalga oshirayotgani qayd etildi.
Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyo tinchlik, yaxshi qoʻshnichilik, sheriklik va barqaror taraqqiyot mintaqasiga aylangani taʼkidlandi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surgan mintaqaviy sheriklik va iqtisodiy integratsiyani yanada rivojlantirish boʻyicha tashabbuslarini hayotga tatbiq qilish muhimligiga alohida eʼtibor berildi.
Eshituvda qoʻshni mamlakatlar bilan oʻzaro doʻstlik va hamjihatlik aloqalarini, savdo-iqtisodiy, kooperatsiya, transport-logistika, turizm, madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari ustuvor vazifa ekani taʼkidlandi.
Shu bilan birga, parlamentlararo hamkorlik va xalq diplomatiyasini, hududlararo hamkorlikni, ayniqsa, chegaradosh viloyatlar hamda tumanlarning iqtisodiy va madaniy hamkorligini, shuningdek, hududlarning mahalliy Kengashlari oʻrtasida aloqalarni yanada faollashtirish lozimligi qayd etildi.
Diplomatik vakolatxonalarning faoliyati samaradorligini oshirishda hamda masalalarni hal etishda oʻzaro hamkorlikni faollashtirish, mutasaddi vazirlik va idoralar, hokimliklar hamda mahalliy Kengashlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish zarurligi alohida qayd etildi.
Majlis yakunlari boʻyicha Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring