Oʻzbekistonning kriket jamoasi Hindiston jamoasini magʻlub etdi

18:24 21 Iyun 2021 Sport
1014 0

Joriy yilning 20-iyun kuni   kuni poytaxtimizdagi  Oʻzbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli  sport majmuasida Oʻzbekiston kriket federatsiyasi Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi va qoʻshma korxonalari vakillari  bilan hamkorligida kriket boʻyicha ikkinchi oʻrtoqlik musobaqasini  oʻtkazdi.

Mazkur hamkorlikdagi doʻstona uchrashuvda Qashqadaryoning “Barlos” kriket klubi jamoasi Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari hamda mamlakatimizda yashab, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan hindistonliklardan iborat “India Club Tashkent” klubi jamoasiga qarshi bahs olib borishdi.  

Murosasiz va shiddatli oʻtgan ushbu oʻyinda Qashqadaryo viloyatining mazkur “Barlos” jamoasi  “India Club Tashkent” jamoasiga munosib qarshilik koʻrsatib, ikki boʻlimdan iborat oʻyin yakuniga koʻra,  4 ochko farqi  bilan (75:71)  gʻalaba qozonib,  gʻoliblikka erishdi.

Maʼlumot uchun, “India Club Tashkent” jamoasi oʻtgan oyning 6-may sanasidagi oʻrtoqlik uchrashuvida Toshkentning «Anfa» jamoasiga qarshi oʻyinda ham 1 ochko farqi bilan magʻlubiyatga uchragan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?