Oʻzbekistonning eng qimmat futbolchilari oʻnligi maʼlum boʻldi
Arxiv foto
Germaniyaning «Transfermarkt» nashri Oʻzbekistonning eng qimmat futbolchilari oʻnligini eʼlon qildi. Roʻyxatda xorijda toʻp surayotgan 9 va milliy chempionatimizdan bir nafar charm toʻp ustasi kiritilgan.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hamda Rossiyaning «SSKA» klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning narxi 1 million yevroga qimmatlashib, hozirda 6 mln yevroga baholanmoqda. Bu qiymat uni eng qimmat oʻzbekistonlik futbolchi boʻlishini taʼminladi.
Italiyaning «Roma» klubi aʼzosi Eldor Shomurodovning narxi 5 million yevroga baholangan va u hozirda oʻzbek futbolchilari ichida ikkinchi oʻrinda qayd etdi.
BAAning «Shabob al-Ahli» futbolchisi Aziz Gʻaniyevning narxi esa 500 ming yevroga arzonlagan va portal uni 3 million yevroga baholagan. Shunday boʻlsada, Aziz eng qimmat oʻzbek futbolchilari kuchli uchligidan joy oldi.
Fransiyaning «Lans» jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning esa narxi koʻtarildi va ayni paytda futbolchining transfer qiymati 2,5 million yevroga yetgan. Husanov hozirda Oʻzbekiston futbolchilari oʻrtasida eng qimmat toʻrtinchi futbolchiga aylandi.
Turkiya klubida oʻynayotgan Otabek Shukurovning narxi 2,5 million yevrodan 2,2 million yevroga kamaygan. U qiymati boʻyicha beshinchi oʻrinda bormoqda.
Shuningdek, Jaloliddin Masharipovning 1,5 million, Igor Sergeyev, Odiljon Hamrobekov va Husniddin Aliqulovlarning transfer summasi 1,2 mln yevro sifatida qayd etilgan.
Oʻzbekistonning eng qimmat futbolchilar 10 ligini Oston Oʻrunov 1 mln yevrolik narx bilan yakunlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring