Oʻzbekistonning eng baland binosi yana 51,5 metrga oʻsdi
“Murad Buildings” hamda Turkiyaning “Özgüven” kompaniyalari tomonidan qurilayotgan Oʻzbekistondagi birinchi osmonoʻpar binoning nomi eʼlon qilindi. “NEST ONE” deb nomlangan majmua “osmon barcha uchun” konsepsiyasi asosida barpo etiladi. Bu haqda Sof.uz xabar berdi.
“NEST ONE” nomi unda yashovchilar va ularning mehmonlari uchun shinamlik va ishonchli “uya” timsolini mujassamlashtirgan. Ofislar, restoranlar, sport zonalari va boshqa jamoat hududlaridan tashqari, boʻlgʻusi osmonoʻpar binoda “lyuks” klassidagi 746 ta xonadon qurilishi loyihalangan. Quyi qavatlarda avtomobillar turargohi koʻzda tutilgan.
Oʻzbekistonning eng baland va koʻp funksiyali binosida koʻchmas mulkni sotish 2019-yilning 14-sentyabrida boshlanadi. “Murad Buildings” rahbari Murod Nazarovning taʼkidlashicha, binoning yuqori qavatidagi “lyuks” kvartiralar allaqachon sotib boʻlindi.
Boʻlgʻusi osmonoʻpar bino 51 qavatdan iborat boʻladi va u 266,5 metr balandlikka koʻtariladi. Binoning dastlabki loyihasi 215 metrga teng deb eʼlon qilingandi, lekin grunt tahlili va Germaniya hamda Turkiyada oʻtkazilgan bir qator simulyatsiyalardan soʻng, bino balandligi 266,5 metrgacha oshirildi, bu matbuot xodimlari bilan oʻtkazilgan avvalgi uchrashuvda aitilganidan balandlikdan 51,5 metr balandroqdir.
astlabki hisob-kitoblarga qaraganda osmonoʻpar binoning qurilishini nihoyasiga yetkazish va turar joy amaliy va jamoat zonalarini obodonlashtirish 2021-yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan.
“Özgüven” kompaniya arxitektorlar guruhi rahbari Ugʻur Oʻzer Oʻzguvenning taʼkidlashicha, bino modern uslubida loyihalangan: unda hatto maydoni kichik xonadonni sotib olsangiz ham nafaqat turar joy makoniga ega boʻlasiz, balki 5 yulduzli mehmonxona darajasidagi qulayliklarni taʼminlaydigan juda koʻplab zonalardan foydalanish imkoniyatini ham qoʻlga kiritasiz.
“Binoning barcha konstruksiyaviy hisob-kitoblari, shuningdek yer silkinishlarida mustahkamligini sinash ishlari tugallangan”, deydi “Özgüven” direktorlar kengashining raisi Oʻzgur Oʻnur Oʻzguven. “Biz yer silkinishiga qarshi bardoshligi sinovlarini Istambul universitetida oʻtkazdik, bu bizda bino 9 ballgacha yer silkinishiga bardosh berishiga ishonch uygʻotdi. Shamol simulyatsiyasini sinovlarini Germaniyada oʻtkazdik. Bu sinovlar natijasida binoning fasad tizimi mufassal hisoblab chiqildi. Osmonoʻpar binoning olovbardoshligiga ham alohida eʼtibor qaratdik. Yongʻin xavfsizligining umumiy qoidalariga muvofiq, eng birinchi qilinadigan ish - bu odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish, shundan keyingina yongʻinni oʻchirishni boshlash zarur. Bizning tizimimizda bularning barchasi birgalikda ishlaydi. Eng avvalo, evakuatsiya yoʻllari tutun bosishidan himoya qilinganligidir. Shu bilan bir vaqtda, ventilyatsiya tizimi hal qilinganligi tufayli binodagi yongʻin oʻchoqlari uning ichiga oʻrnatilgan aqlli tizim yordamida nazorat qilinadi”.
Boʻlgʻusi osmonoʻpar binoni alohida markadagi beton bilan taʼminlash uchun Toshkent chekkasida beton zavodi qurilmoqda, unga 4 million dollar investitsiya kiritildi. 800 markali betondan foydalanishga qaror qilindi. Qurilayotgan zavod faqat “NEST ONE” loyihasini beton bilan taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring