Oʻzbekistonning ayollar tinchligi va xavfsizligi boʻyicha global indeksdagi oʻrni ochiqlandi
Ayollar tinchligi va xavfsizligi boʻyicha global indeksda (WPS indeksi) Oʻzbekiston 74-oʻrinni egalladi.
Maʼlum qilinishicha, indeksda dunyoning 170 mamlakatidagi ayollar holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻplangan.
WPS indeksidagi tendensiyalar shuni koʻrsatadiki, ayollar maqomining global oʻsishi sekinlashgan va mamlakatlar oʻrtasidagi tengsizlik oshgan, deyiladi WPS indeksi hisobotida.
Bundan tashqari, WPS Index maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2017-yilga nisbatan parlamentdagi ayollar ulushi oshgan (16,4% dan 28,7% gacha). Ayollarning moliyaviy inklyuziya koʻrsatkichi pasaygan - 2017-yildagi 39,3% dan 2021-yilda 36% gacha.
Qayd etilishicha, WPS indeksida 2017-yil uchun erkaklar tomonidan ayollarga nisbatan zoʻravonlik boʻyicha maʼlumotlar yoʻq edi. 2021-yilda bu koʻrsatkich 7,3%ni tashkil qiladi.
Shuni qoʻshimcha qilish kerakki, WPS indeksining yuqori oʻrinlarida Norvegiya, Finlyandiya, Islandiya, Daniya va Lyuksemburg turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring