Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 23-may kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi
“Oʻzgidromet” 23-may, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 27-29° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 24-29° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 29-34° boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 13-18° boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring