Oʻzbekistonliklar sartaroshxona va goʻzallik salonlariga 10 trln soʻm sarfladi

13:34 21 Dekabr 2025 Jamiyat
392 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonliklar sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlari uchun 10,3 trillion soʻm sarflagan, deb xabar bermoqda Milliy statistika qoʻmitasi.

Maʼlum qilinishicha, 2025-yilning yanvar oktyabr oylarida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlari hajmi 10,3 trln soʻmni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 11 foizga oshgan.

Ushbu xizmatlarning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha:

• Toshkent shahri — 1 719,4 mlrd soʻm;

• Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 488,3 mlrd soʻm;

• Andijon viloyati — 658,2 mlrd soʻm;

• Buxoro viloyati — 339,1 mlrd soʻm;

• Jizzax viloyati — 222,2 mlrd soʻm;

• Qashqadaryo viloyati — 632,7 mlrd soʻm;

• Navoiy viloyati — 329,3 mlrd soʻm;

• Namangan viloyati — 1 136,1 mlrd soʻm;

• Samarqand viloyati — 1 303,8 mlrd soʻm;

• Surxondaryo viloyati — 361,6 mlrd soʻm;

• Sirdaryo viloyati — 140,5 mlrd soʻm;

• Toshkent viloyati — 1 046,9 mlrd soʻm;

• Fargʻona viloyati — 1 411,7 mlrd soʻm;

• Xorazm viloyati — 506,9 mlrd soʻm.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер