Oʻzbekistonliklar 1-iyundan Xitoyga vizasiz kirishi mumkin boʻladi

2025-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston fuqarolari Xitoyga vizasiz safar qilish imkoniyatiga ega, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida oʻzaro vizadan ozod qilish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichki protseduralari tugallangan.
Oʻzaro Bitimga muvofiq, tomonlar davlatlari fuqarolari ikki davlat hududlariga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun har bir alohida boʻlish muddati 30 kundan oshmaydigan muddatda va har qanday 180 kunlik davr ichida jami 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatda viza talablaridan ozod qilinadi.
Agar fuqarolar 30 kundan ortiq qolishlari kerak boʻlsa, ular kirish vizasini oldindan olishlari kerak boʻladi.
“Vizasiz rejim mehnat faoliyati, oʻqish va media faoliyati bilan shugʻullanish, shuningdek, boshqa Tomon vakolatli organlarining oldindan roziligini talab qiladigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishga nisbatan tatbiq etilmaydi”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, koʻrsatilgan Bitim Xitoyning Gongkong va Makao maxsus maʼmuriy hududlariga tashrif buyurishga nisbatan amal qilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring