Oʻzbekistonlik tennischining sportdan 7 yilga chetlashtirilgani yuzasidan rasmiy bayonot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbekistonlik tennischi Temur Ismoilovning kelishilgan oʻyinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgani haqida xabarlar eʼlon qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qildi:
Temur Chingizovich Ismoilov 1995-yil 14-yanvarda tugʻilgan. 2013-yildan to 2017-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Oʻsha yili oilasi bilan birga doimiy yashash uchun AQSHga koʻchib ketganligi sababli terma jamoa safidan chiqarilgan.
T.Ismoilov haligacha AQSH fuqaroligini olmagani bois bugungacha Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) hamda professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATR) tasnifiga kiruvchi musobaqalarda Oʻzbekiston bayrogʻi ostida qatnashib kelgan.
Bugun, 2020-yil 23-dekabr kuni tennis oʻyinlarini tekshirishga masʼul boʻlgan Tennis Integrity Unit tashkiloti T.Ismoilovning ITF hamda ATR tasnifidagi turnirlarda kelishilgan oʻyinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgani haqidagi qarorini matbuotda eʼlon qildi.
Ayni paytda Temur Ismoilov tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi sifatida roʻyxatda turmasligini maʼlum qilamiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring