Oʻzbekistonlik taekvondo ustalari jahonda 3-oʻrinni egalladi

07:22 22 Dekabr 2021 Sport
1382 0

Joriy yilning 13 — 20-dekabr kunlari Minsk shahrida oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida taekvondo boʻyicha 55-Jahon chempionati hamda Jahon kubogi boʻlib oʻtdi. 

Unda 64 nafar oʻzbekistonlik sportchilarimiz ham ishtirok etib, yutuqlarni qoʻlga kiritdi.

Jumladan, Laziz Hasanov boshchiligidagi terma jamoamiz Jahon kubogida 21 ta oltin, 15 ta kumush va 20 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egallashdi.

Jahon chempionatida esa qoʻyidagi natijalarga erishildi:

1-oʻrin — oltin medal sohiblari:

— Tul bahslari boʻyicha:

1. Li Vladimir - III DAN

2. Zoitov Muzaffar - IV DAN

2-oʻrin — kumush medal sohiblari:

1. Gʻofurova Nozima - 16-17 yoshlar orasida 40 kg. vazn boʻyicha

2. Xolbekov Bahodir- massogi 73 kg. vazn boʻyicha

— Jamoaviy tul boʻyicha 14-17 yoshlar orasida:

1. Kim Yevgeniy

2. Chetverikov Aleksandr

3. Pak Vladislav

4. Pak Vyacheslav

5. Li Vladimir

6. Day Lun

3-oʻrin bronza medal sohiblari:

— Tul bahslari boʻyicha:

1. Xolmurodov Muhammadjon 16-17 yoshlar orasida 63 kg. vazn boʻyicha

2. Chetverikov Aleksandr 14-15 yosh orasida 65 kg. vazn boʻyicha

3. Xolbekov Bahodir IV DAN

4. Abdulhamidova Ziyodaxon II DAN

5. Kim Yevgeniy 16-17 yoshlar orasida II DAN

— Jamoaviy massogi 16-17 yoshlar orasida:

1. Kim Yevgeniy

2. Pak Vladislav

3. Pak Vyacheslav

4. Gʻaybullayev Firdavs

5. Xolbekov Muhammadjon

6. Boboyev Alibek.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?