Oʻzbekistonlik suzuvchi Natalya Kritinina uchun ham “Tokio — 2020” yakunlandi

15:55 30 Iyul 2021 Sport
899 0

Suzish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakili Natalya Kritinina Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz saralash bosqichidayoq musobaqadan chiqib ketmoqda. Bu haqda MOQ xabar berdi.

50 metrga suzish dasturida ishtirok etgan Kritinina 26.93 soniya natija qayd etdi. Bu oltinchi saralash guruhi vakillari orasidagi eng past koʻrsatkich. Qolgan guruhlardagi 16 nafar ishtirokchi allaqachon ushbu koʻrsatkichni yaxshilab boʻldi. Shunday ekan, vakilamiz yarim finalga yoʻl ololmadi va ushbu nuqtada ishtirokini yakunladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?