Oʻzbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratishmoqda
Foto: Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekistonda issiqxona sharoitida yetishtirishga mos, yuqori hosildorlikka ega va kasalliklarga chidamli qovun navlari hamda F1 duragaylarini yaratish boʻyicha keng koʻlamli va maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bu tadqiqotlar Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan professional darajada tashkil etilgan boʻlib, seleksion ishlarga zamonaviy yondashuv, chuqur tahlil va innovatsion usullar keng jalb qilingan.
Olib borilayotgan izlanishlar doirasida 30 dan ortiq mahalliy va xorijiy genetik kolleksiyalar, shuningdek, 10 ga yaqin seleksion liniya va duragaylar oʻrganilmoqda. Ulardan iqlimga mosligi, hosildorligi va bozorboplik darajasi boʻyicha eng istiqbollilar tanlab olinib, shu asosda yangi turdagi qovun navlari yaratilmoqda.
Qayd etilishicha, issiqxonada qovun yetishtirish nafaqat yer maydonidan samarali foydalanish, balki hosildorlikni ikki baravar oshirish imkonini ham beradi. Unga koʻra, bir gektar maydonga 10–12 mingdan ziyod koʻchat joylashtirish imkoni mavjud boʻlib, bu har gektardan 60 tonnagacha sifatli hosil yetishtirishga sharoit yaratadi.
Agar agrotexnik tadbirlar — sugʻorish, oʻgʻitlash va kasalliklarga qarshi profilaktik choralar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilsa, mahsulot sifati va miqdori yanada oshadi. Bu tadqiqotlarning asosiy maqsadi — aholini mavsumdan tashqari vaqtlarda ham xushtaʼm va foydali poliz mahsulotlari bilan taʼminlashdir.
Issiqxonada yetishtirilgan erta hosil mahsulotlari mahalliy bozorda raqobatbardosh boʻlib, eksport uchun ham katta salohiyatga ega. Bu esa qovunchilik sohasini yuqori daromadli, innovatsion va barqaror yoʻnalishga aylantirmoqda.
Taʼkidlanishicha, sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilayotgan ushbu ilmiy ishlar nafaqat yangi, sifatli navlarni yaratishga xizmat qilmoqda, balki mamlakat agrar salohiyatining rivojlanishiga hissa qoʻshmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring