Oʻzbekistonlik muay-taychi Faxriddin Hasanov 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Joriy yilning sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida oʻtkazilgan I MDH oʻyinlarida ishtirok etgan Muay-tay sport turi boʻyicha terma jamoa aʼzosi Faxriddin Hasanovdan olingan doping-sinamasida taqiqlangan modda aniqlanganligi haqida xabar berilgan edi.
Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Xalqaro testlash va tergov-surishtiruv boʻyicha standarti talablariga asosan, F.Hasanov joriy yilning 8-oktyabridan boshlab mazkur holat Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) tomonidan toʻliq oʻrganilishi va tegishli qaror chiqazilgunga qadar sport faoliyatidan vaqtincha chetlashtirilgandi.
RUSADA Axloq komissiyasining 8-dekabrdagi qaroriga koʻra, Faxriddin Hasanov antidoping qoidabuzarlikda aybdor deb topilib, unga 4 yillik diskvalifikatsiya jazo chorasi tayinlandi. Diskvalifikatsiya muddati 2021-yil 8-oktyabrdan boshlab 2025-yil 7-oktyabrga qadar davom etadi.
Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabariga koʻra, I MDH oʻyinlarida 57 kg. vazn toifasida ishtirok etgan sportchi Faxriddin Hasanov oltin medalga sazovor boʻlgan edi. Joriy yilning 8-sentyabr kuni musobaqa jarayonida topshirgan doping-sinamasidan «meldoniy» taqiqlangan moddasi aniqlangan. “Meldonium” taqiqlangan moddalar roʻyxatining S4. Gormonlar va metabolizm modulyatorlari sinfiga mansub.
Diskvalifikatsiya davomida sportchi terma jamoa bilan birgalikda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida hamda musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum boʻldi.
Sportchining oltin medali belgilangan tartibda musodara etiladi, toʻplagan reyting ballari bekor qilinadi va egallagan 1-oʻrini keyingi, 2-oʻrindagi sportchiga taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring