Oʻzbekistonlik kikboksingchi yoshlar Jahon chempionatida 26 ta medalni qoʻlga kiritdi

21:16 09 Oktyabr 2022 Sport
1827 0

Italiyada kikboksing boʻyicha bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkazilgani va unda mamlakatimiz sportchilari ilk bor 4ta oltin medalni qoʻlga kiritgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etish kerakki, Oʻzbekiston jamoasi musobaqada jami 26ta medalni qoʻlga kiritdi - 4ta oltin, 7ta kumush hamda 15ta bronza medallari.

Jamoamiz uchun xalqaro tajriba vazifasini bajargan musobaqada Oʻzbekiston turnir jadvalida kuchli yigirmatalik roʻyxatni yakunladi.

Sportchilarimiz erishgan natija Osiyo mintaqasi boʻyicha ikkinchi oʻrin boʻldi.

Musobaqa gʻolib va sovrindorlari roʻyxati bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?