Oʻzbekistonga yanvar-iyun oylarida qancha yengil avtomobil import qilingan?
Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 422,1 million AQSH dollariga teng boʻlgan 24 ming 355 dona yengil avtomobil import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Oʻzbekistonga 2025-yilning 6 oyida eng koʻp yengil avtomobil yetkazib bergan davlatlar orasida 21 ming 399 dona avtomobil bilan Xitoy yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinlarda Koreya Respublikasi 2 ming 32 dona avtomobil bilan ikkinchi, Hindiston 168 dona avtomobil bilan uchinchi pogʻonada qayd etilgan.
Bundan tashqari, Yaponiyadan 145 dona, AQSHdan 145 dona hamda boshqa davlatlardan 466 dona yengil avtomobil import qilingan. Bildirilishicha, import ilingan yengil avtomobillardan 14 ming 356 donasi elektromobil hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring