Oʻzbekistonga oʻsimlik yogʻini olib kirish QQSdan ozod qilinadi

11:52 30 Aprel 2021 Iqtisodiyot
1091 0

“Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga doir choralar toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, 2021-yil maydan 31-dekabrgacha quyidagilar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi:

Oʻzbekiston hududiga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek soya danagini olib kirish;

oʻsimlik yogʻini (paxta yogʻidan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma.

Qonunga muvofiq, 2021-yil 1-maydan 31-dekabrgacha:

ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan eksport bojxona bojlari kiritiladi;

tadbirkorlarga oʻzlari tomonidan import qilingan kungaboqar yogʻi va kungaboqar urugʻlarini qayta ishlash natijasida olingan oʻsimlik yogʻining (TIF TN boʻyicha kodi 1512 11 – 1512 19) 50 foizidan oshmagan qismini eksport qilishga ruxsat beriladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?