Oʻzbekistonga olib kelingan 21 kg narkotik musodara qilindi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkazilgan tadbirda mamlakatimizga olib kelingan 21 kg narkotik musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon shahrida yashovchi, 1985 va 1989-yillarda tugʻilgan ikki nafar fuqaro “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasining Namangan viloyati Uychi tumani “Yangiyer” MFY hududidan oʻtuvchi qismida harakatlanayotgan vaqtlarida toʻxtatib tekshirilgan. Natijada ularning yonida boʻlgan yuk sumkasi ichida 19 kg 169 g “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻlib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, narkotikni olib ketish uchun yordamlashish maqsadida kelgan vaqtida, ularning 1990-yilda tugʻilgan hamshahari ham ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, qonunbuzarlar qirgʻizistonlik narkosavdogar bilan til biriktirib, ushbu ajal ogʻusini kelgusida sotish maqsadida Oʻzbekiston hududiga kontrabanda qilgani aniqlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX va IIO xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan boshqa tezkor tadbirda esa Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1990-yilda tugʻilgan muqaddam sudlangan ayol hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan fuqarodan 200 mln soʻmga sotib olishga kelishib, u tomonidan matolar orasiga yashirgan holda Margʻilon shahridan yoʻlovchi mashinada yuborilgan 1 kg 953 g “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring