Oʻzbekistonga noyob koʻchma laboratoriya olib kelindi
Oʻzbekistonga ilk bor koʻchma mobil PZR laboratoriyasi olib kelindi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va OPASCA GmbH koʻmagida yurtimizga keltirilgan ushbu koʻchma mobil PZR laboratoriya bir sutkada 1,5 ming kishida koronavirusga PZR tekshiruvini amalga oshirish imkonini beradi.
Mazkur zamonaviy texnika vositalari yordamida PZR testi natijalarini 1 soat muddatda olish mumkin. Elektr energiyasi boʻlmagan vaziyatlarda ham 6 soatgacha xizmat koʻrsata oladi.
Maʼlumotlarga koʻra, mobil PZR laboratoriyasi dastlabki faoliyatini Samarqand viloyatining chekka va aholi soni koʻp boʻlgan hududlaridan boshlashi kutilmoqda. Fuqarolar mazkur laboratoriyada koronavirusga bepul test topshiradilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring