Oʻzbekistonga Irkutsdan glyukometrlar va test-tasmalari eksport qilinadi

2023-yilda “Medtexservis”kompaniyasi Oʻzbekistonga oʻzining tibbiy asbob-uskunalari – glyukometr va qandli diabetda qand miqdorini nazorat qiluvchi test-tasmalarini eksport qilishni boshlaydi. Ishlab chiqaruvchi zavod Irkutsk viloyatida joylashgan. Shartnoma haqidagi maʼlumotlar viloyat hokimiyatining veb-saytida joylashtirilgan.
Birinchi yetkazib berishlar 17 million rubl miqdorida boʻlishi kutilmoqda. Irkutsk test-tasmalari va glyukometrlar Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab dorixonalar tarmogʻi orqali tarqatiladi. Bundan tashqari, mamlakatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda.
2018-yilda Irkutskda diabetga chalinganlar uchun tibbiy asboblar zavodi ochilgan va 2019-yilda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
“Bu Rossiyada bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishning toʻliq sikliga ega yagona korxona. 2022-yilda kompaniya oʻz mahsulotlarini Rossiyada sotish hajmini ikki baravar oshirdi. Keyingi qadam – tashqi bozorlarga chiqish”, — dedi Irkutsk viloyati iqtisodiy rivojlanish va sanoat vaziri Natalya Gershun.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring