Oʻzbekistonga Belgiyadan 93 tonna tirik qoramol olib kelindi

19:20 09 Dekabr 2025 Jamiyat
471 0

Foto: “Uzbekistan Airports”

Toshkent shahriga Belgiyaning Lej shahridan 93 tonna tirik qoramol olib kelindi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 8-dekabr kuni soat 1:15 da Toshkent xalqaro aeroportiga “Air Atlanta Icelandic” aviakompaniyasining “Boeing” 747-400 yuk reysi kelib qoʻngan. Samolyot bortiga Germaniya va Avstriyadan keltirilgan Simmental va Golshtin zotlariga mansub sigirlar yuklangan boʻlgan.

Foto: “Uzbekistan Airports”
Foto: “Uzbekistan Airports”

“Chorva mollarni bortdan tushirish va olib ketish barcha veterinariya talablariga muvofiq tezkorlik bilan amalga oshirildi. Aeroport mutaxassislari yuk operatsiyalarini amalga oshirishda yuqori darajadagi tayyorgarlikni namoyish etdilar hamda jonivorlarni xavfsiz havo kemasidan tushirish va joylashtirishni taʼminladilar”, deyiladi xabarda.

Foto: “Uzbekistan Airports”

Maʼlumot uchun, Simmentallar sut va goʻsht ishlab chiqarishda universalligi bilan mashhur, Golshtinlar esa yuqori sut sogʻimi va mahsuldorligi bilan tanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?