Oʻzbekistondan Moskvaga uchgan 6 ta reys zaxira aeroportlariga yoʻnaltirildi
Oʻzbekistondan Moskvaga uchgan 6 ta reys Moskva shahri havo hududining yopilishi munosabati bilan zaxira aeroportlariga yoʻnaltirilgan.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistondan Moskvaga uchgan quyidagi reyslar zaxira aeroportlariga yoʻnaltirilgan:
- HY9619 — Namangan – Moskva (Vnukovo): Ufa shahridagi zaxira aeroportida
- HY9671 — Toshkent – Nijniy Novgorod: Ufa shahridagi zaxira aeroportida
- HY613 — Toshkent – Moskva (Vnukovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida
- HY9627 — Fargʻona – Moskva (Vnukovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida
- HY601 — Toshkent – Moskva (Domodedovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida
- HY605 — Samarqand – Moskva (Vnukovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida.
“Centrum Air”ning Toshkent—Moskva yoʻnalishi boʻyicha MFX403 reysi avval Ufa, keyin esa Sankt Peterburgga qoʻnishga majbur boʻlgan. Shuningdek, Toshkent – Nyachang yoʻnalishi boʻyicha uchgan MFX5537 reysi Pokiston havo hududining yopilishi munosabati bilan uchish aeroportiga qaytgan. Keyingi parvoz Toshkent vaqti bilan 12:00 ga belgilangan. Aviakompaniya boshqa reyslar ham kechikishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring