Oʻzbekistondagi ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi korxonalar toʻrt oyda qancha soliq toʻlangani maʼlum boʻldi
Illyustrativ foto
2024-yil yanvar — aprel oylarida Oʻzbekistondagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 66 513 ta yuridik shaxs tomonidan 12,1 trillion soʻm soliq toʻlangan. Bu haqda Fiskal tahlillar portali maʼlum qildi.
Toʻlangan soliqlarning 4,8 trillion soʻmi 20 ta soliq toʻlovchi (NKMK va OKMK AJdan tashqari) hisobiga toʻgʻri keladi. Ularning tovar aylanmasi 51 trillion soʻm, qoʻllangan soliq imtiyozlari miqdori esa 505,9 mlrd. soʻmdan oshgan.
Ushbu soliq toʻlovchilar tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
• aksiz soligʻi — 1,3 trillion soʻm;
• QQS (Qoʻshilgan qiymat soligʻi) — 1,2 trillion soʻm;
• yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq — 766,8 milliard soʻm;
• foyda soligʻi — 338,8 milliard soʻm;
• ijtimoiy soliq — 289,2 milliard soʻm;
• JSHODS (Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi) — 267,2 milliard soʻm;
• mol-mulk soligʻi — 159,2 milliard soʻm;
• boshqa soliqlar — 407,8 milliard soʻm.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring