Oʻzbekistondagi ayrim davlat tashkilotlarida mingdan ziyod shtat birliklari qisqartiriladi
“Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan hududiy adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari (Markazlar) respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etiladi.
Shunga koʻra, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim davlat tashkilotlarining tuman (shahar) boʻlinmalarida 2021-yil 1-oktyabrdan jami 1 182 ta yuridik xizmatlar shtat birliklari qisqartiriladi.
Boʻshatilayotgan shtat birliklari hisobidan Markazlar faoliyatini tashkil etish uchun 1 056 ta shtat birliklari ajratiladi.
2021-yil 1-oktyabrdan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq barcha maʼlumot va jarayonlarni toʻliq elektron ravishda yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmatlar ushbu elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Markazlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinma tarzida tashkil etiladi va ularga boʻysunadi.
Markazlar xodimlariga sud protsessida yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning vakili sifatida qatnashish huquqi beriladi.
Markazlar xodimi sifatida kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlgan shaxs:
litsenziya olish uchun advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs sifatida advokatlik tuzilmasida stajirovkadan oʻtmasdan malaka imtihonida ishtirok etish;
notarial idorada 6 oy muddat stajirovka oʻtab malaka imtihonini topshirish huquqiga ega boʻladi.
Markazlarning qonuniy faoliyatiga biron-bir tarzda aralashish va toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita taʼsir oʻtkazish qatʼiyan taqiqlanadi.
Qarorga koʻra, Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilishi belgilangan tashkilotlarning Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Shuningdek, Markazlar boshqa yuridik shaxslarga pullik asosda yuridik xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring