Oʻzbekistondagi 1,7 mingdan ortiq masjidda xatmi Qurʼon oʻqiladi

Joriy Ramazon oyida Respublikada faoliyat yuritayotgan 2145 ta masjiddan 1 743 tasida 27 kun davomida xatmi Qurʼon tadbirlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlar idorasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, masjidlarda tarovih namozi va Qurʼoni karim xatm qilinishi maqsadida 3,5 mingga yaqin xushovoz qorilar jalb etilishi koʻzda tutilgan.
“Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish, yurtimiz moʻmin-musulmonlariga har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish hamda imom-xatiblar masʼuliyatini yanada oshirish boʻyicha Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasining qoʻshma dasturi hamda Media reja ishlab chiqildi”, deyiladi idora xabarida.
Qoʻshimcha qilinishicha, hududlarda ichki ishlar, yongʻin xavfsizligi va sogʻliqni saqlash idoralari bilan hamkorlikda masjid binosi va hududini yongʻin xavfsizligi, evakuatsiya rejasi, elektr, gaz jihozlarining texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi oʻrganilgan hamda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgan.
Diniy-maʼrifiy sohadagi faoliyat joriy yil davomida ham belgilangan reja asosida, tizimli ravishda amalga oshirilishi belgilangan.
Maʼlumot uchun, bugun xufton namozidan soʻng Oʻzbekistondagi masjidlarda taroveh namozi boshlanadi.
Mamlakatimizning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozining boshlanish vaqtlari quyidagicha:
- Fargʻona – 20:20;
- Namangan – 20:20;
- Andijon – 20:20;
- Toshkent viloyati – 20:30;
- Toshkent shahri – 20:30;
- Sirdaryo – 20:30;
- Jizzax – 20:30;
- Samarqand – 20:30;
- Qashqadaryo – 20:40;
- Surxondaryo – 20:40;
- Navoiy – 20:40;
- Buxoro – 20:40;
- Xorazm – 21:00;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 21:10.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring