Oʻzbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani ochiqlandi

23:54 01 Yanvar 2022 Jamiyat
2068 0

2022-yilning 1-yanvar kuni, soat 17:30 holatiga koʻra, mamlakatimizda jami 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kunida tugʻilgan goʻdaklarning 732 nafari oʻgʻil bola, 716 nafari esa qiz bola boʻlib, eng koʻp tugʻilish hozircha Samarqand viloyatida (193 nafar) qayd etildi.

Shuningdek, hududlar kesimida keyingi oʻrinlarda:

— Qashqadaryo viloyati (146 nafar),

— Fargʻona viloyati (137 nafar),

— Andijon viloyati (131 nafar),

— Namangan viloyati (123 nafar) band etdi.

Eng kam tugʻilish esa Sirdaryo viloyati (39 nafar) hissasiga toʻgʻri keldi.

Eʼtiborlisi, tugʻilganlarning 8 nafari egizaklardir. Ayni paytda shifokorlarimiz goʻdaklarning barchasiga belgilangan standartlar boʻyicha sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?